2018-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasida ko‘plab nufuzli qurilish va muhandislik loyihalarida ishtirok etgan tajribali menejerlar tomonidan yaratilgan “SERKAGRUP” MCHJ malakali ishchilar jamoasi bilan birgalikda 2022-yil boshidan boshlab ham O‘zbekiston Respublikasida,hamda butun postsovet geografiyasida potentsial ish beruvchilarga xizmat ko‘rsatishni boshladi.
Qurilish va muhandislik xizmatlari sohasida beton qurilish va pardozlash ishlari uchun tegishli brigadalar va uskunalar bilan jihozlangan va pudrat xizmatlarini ko'rsatish uchun zarur davlat litsenziyalari bilan tasdiqlangan kompaniyamiz davlat va xususiy sektor, shuningdek, xorijiy investorlarga tegishli loyihalar ustida ishlashni davom ettirmoqda.
“SERKAGRUP” MCHJ pudratchilik faoliyatidan tashqari, O'zbekiston Respublikasi hududida injiniring xizmatlari, texnik konsalting va qurilish sohasida xalqaro kompaniyalar uchun vakolatxona/biznesni rivojlantirish xizmatlarini ham ko'rsatadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining mahalliy qurilish normalari va standartlari, qurilish qonunchiligi va buxgalteriya hisoboti bo‘yicha xorijiy hamkorlar bilan yaqindan hamkorlik qiladi.