CEYO ORTOPEDIK SANDALLAR SANOATI VA SAVDO

O‘zbekiston Respublikasida tovar ayirboshlash hajmini rivojlantirish va uni 100 foiz turk kapitali ishtirokidagi kompaniyalar bilan hamkorlik tamoyillari asosida kengaytirish maqsadida “SERKAGRUP” MCHJ Turkiyaning eng mashhur brendlaridan biri CEYO bilan “Yagona rasmiy distribyutor” maqomi toʻgʻrisida shartnoma imzolab, ushbu Kompaniya nomidan Oʻzbekiston Respublikasida savdo va marketing faoliyatini boshladi.

1964 yildan hozirgi kungacha CEYO anatomik jihatdan qulay va yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqaradigan Turkiyada o'z sektorida yetakchi kompaniya bo'lib kelmoqda. O'zining noyob dizayni va sifati bilan tanilgan CEYO xalqaro bozorda o'zini ko'rsatishga muvaffaq bo'lgan va obro'si Turkiyadan tashqariga ham yoyilgan ajoyib turk brendidir.

Ushbu brend AQShdan Angliyagacha, Dubaydan Portugaliyagacha bo'lgan 28 mamlakatda afzallik ko’riladi. Turkiyada 50 ta korporativ va boshqa mamlakatlarda 13 ta korporativ doʻkonlari hamda butun Turkiya boʻylab 1500 ta vakolatli chakana sotuvchisi bilan CEYO oʻz ish hajmini oshirib, global bozorlarda oʻsish yoʻlida yetakchi bo’lib bormoqda.